
Yamal: "Real"ga gol urish matematika imtihonidan qiyin”
“Barselana” futbolchisi Lamin Yamal o‘zi to‘qnashib kelgan eng kuchli himoyachilar nomini aytdi va jurnalistning: “Matematika imtihonidan o‘tish qiyinmi yoki “Real” darvozasiga gol urishmi?”,- degan savoliga kutibmagan javob berdi.
“Men to‘qnashib kelgan himoyachilar ichida eng kuchlilari Ferlan Mendi bilan Nunu Mendesh. Ular juda tezkor, yaxshi texnikaga ega va baquvvat qanot himoyachilari.
Matematika imtihoni yoki “Real”ga gol urishga kelsak, albatta “Real Madrid”ga gol urish ancha qiyinroq”,- dedi 16 yoshli vinger Ispaniya-Italiya o‘yini oldidan.
Fikrlar