Yamalning otasini “Barsa”ni o‘yinidan haydab chiqazishdi

  • 7 dekabr, 13:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilayotgan “Barselona” La Liganing 15-turida “Betis” jamoasi mehmoni bo‘lib, safar uchrashuvidan 5:3 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.

Tecno

Kataloniyaliklarning gollaridan uchtasini Ferran Torres, bittasini Runi Bardagji va oxirgisini Lamin Yamal penaltidan kiritdi.

Ushbu bahsning 70-daqiqasida “Betis” uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Olimpiya” stadioni xodimlari Lamin Yamalning otasi Munir Nasrauidan tribunani tark etishni talab qildi.

Bunga uning “Barselona” gollarini haddat tashqari hissiyot bilan nishonlagani va bu orqali mahalliy muxlislarning noroziligini keltirib chiqargani sabab bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!