Yaman - O‘zbekiston uchrashuvini kimlar sharhlaydi?

  • 11 iyun, 2021, 11:41
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Saudiya Arabistonida jahon chempionati ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Yaman - O‘zbekiston bellashuvi o‘tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00da start oladi.

O‘yinni "Sport" va "Futbol" TVda jonli efirda namoyish etiladi. "Sport" telekanalida Murod Rizaev va Zuhriddin Qilichev sharhlab boradi. "Futbol" TVda esa Davron Fayziev sharhlaydi.

Yaman ayni payt turnir jadvalida 6 turda 5 ochko bilan oxirgi o‘rinda bormoqda. Hamyurtlarimiz esa 6 o‘yinda 12 ochkoni qo‘lga kiritib, ikkinchi pog‘onani band etgan.

Shuningdek, bugun guruhimiz peshqadami Saudiya Arabistoni ham o‘yin o‘tkazadi. Mezbonlar Singapurga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдуррохман Латифжонов
11/06/2021 14:27
АЛЛОХга хамдлар булсин футбол канали борлигига, акс холда спорт каналидан саводсиз шархловчилар билан футбол куришга мажбур булар эдик...
&
Ашуров Бахтийор
11/06/2021 12:54
Мен учун СпортТВда кузатиш қизиқрок.