
Yana bir afsona Italiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin
“Yuventus”ning tajribali himoyachisi Jorjo Kellini tez orada Italiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin.
Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, 37 yoshli italiyalik futbolchi terma jamoadagi faoliyatini yakunlash haqida jiddiy o‘ylamoqda. Italiya iyun oyida “Uembli”da Argentina terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Aynan mana shu uchrashuv Kellini uchun Italiya terma jamoasi libosidagi oxirgi o‘yin bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda italiyaliklar sensatsion tarzda Shimoliy Makedoniya terma jamoasiga yutqazib, ketma-ket ikkinchi bor jahon chempionatiga chiqa olishmadi.
Fikrlar