Yana bir afsona Qatardagi mundialdan keyin terma jamoadan ketishini ma’lum qildi

  • 25 oktabr, 2022, 16:57
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022dan so‘ng Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

Tecno

“Men allaqachon terma jamoadan ketadigan yoshga etganimni bilaman. Bu jahon chempionati mening Xorvatiya terma jamoasi bilan so‘nggi turnirim bo‘ladi”, — deya Modrichning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Modrich Xorvatiya terma jamoasi safida 154 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 23 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Yarim himoyachi 2006 yildan buyon milliy terma jamoa sharafini himoya qiladi. Oldinroq Lionel Messi bu oxirgi jahon chempionati ekanligini aytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!