Yana bir bokschi vafot etdi. U jang vaqtida o‘z hushini yo‘qotgan (video)
6 iyun kuni Janubiy Afrika Respublikasida professional boks oqshomida noxush holat yuzaga keldi. Engil vazn toifasida WBF Afrika kamarini egasi Simizo Butelezi (4-1) Sifelise Mntungviga (7-1-2) qarshi jang olib borayotgan edi. Bahsning 10-raundida Mntungvi kanatga suyanib qolgani uchun referi stop ishorasini berdi. Bokschilar ring markaziga kelib jangni davom ettirishga ruxsat berilganda esa Butelezi o‘z hushini yo‘qotgan holda boshqa tomonga qarab ketdi va havoga zarba bera boshladi. U o‘zida emasligini bilgan hakam jangni to‘xtatdi va bokschi zudlik bilan shifoxonaga olib ketildi. Butelezi koma holatida tushib qaytib uyg‘onmadi va 8 iyun kuni vafot etdi. Bu holat jang davomida zarbalar natijasida yuzaga kelgan, deb tahmin qilish mumkin. Ammo shu vaqtga qadar bahsda Buselezi ochkolar hisobida oldinda edi.
86wNN_CX8ezo9ZCy

Fikrlar