
Yana bir bokschimiz navbatdagi jangini o‘tkazdi
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida professional boks turniri davom etmoqda. Ushbu kechada hamyurtimiz Baxit Abduraximov ringga ko‘tarildi. Unga mezbon mamlakatdan Magomed Qurbonov raqib bo‘ldi.
Bungacha 10 ta g‘alaba va 12 mag‘lubiyatni qayd etgan Abduraximov professional boksdagi 13-mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.
To‘liq 6 raund davom etgan jangda hakamlar Magomed Qurbonovning g‘alabasiga bir ovozdan qaror qabul qilishdi.
Ma’lumot uchun, yana 4 ta jangdan so‘ng, beshinchisida Ravshanbek Umurzoqov WBA Asia kamarini himoya qilish uchun ringga ko‘tariladi.
Fikrlar