Yana bir futbolchi “Real”dan ketishdan bosh tortdi
Himoyachi Raul Asensio “Real”dan ketishni istamayapti. Diario AS nashri ma'lumotiga koʻra, iqtidorli futbolchi Madrid klubida yuzaga kelgan vaziyatni oʻzgartirish niyatida.
U rahbariyatga “Real”ga boʻlgan sadoqati mustahkam ekanini aniq bildirgan. Asensio kelasi mavsumda ham madridliklar safida oʻynashni maqsad qilgan.
Raul Asensio “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Ushbu mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 34 ta oʻyinda qatnashib, ikki gol va bir assist qayd etdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 25 million yevro deb baholagan.

Fikrlar