Yana bir g‘alaba! Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati"da g‘olib bo‘ldi

  • 30 aprel, 2024, 21:50
  • 1
  • Xokkey
CHERY AUTO

Mamlakatimizning Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkazilgan xokkey bo‘yicha "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" doirasida final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston U-18 terma jamoamiz Tailandga qarshi saf tortdi va 2:1 hisobida zafar quchdi.

Vakillarimiz safida Timur Habibov va Abduqayum Abduvosiqov shaybalarga mualliflik qildi. Shu tariqa, hamyurtlarimiz mazkur turnirda chempionlikni qo‘lga kiritdi. 

3-o‘rin uchun kechgan bahsda esa Mo‘g‘uliston xokkeychilari BAA termasini 4:2 hisobida mag‘lub etdi va bronza medallarga ega chiqdi! 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
30/04/2024 22:16
Хамма терма жамоа ларимизда галаба.Кандай екимли.Галабалар бардавом булсин.Олга,Узбекистон.