Yana bir hamyurtimiz Belarusda porlamoqda (video)

  • 21 noyabr, 2020, 15:32
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik xokkeychi Javohir Rasulov faoliyatini Belarus Esktraligasida davom ettirayotganidan xabaringiz bor. Kecha hamyurtimiz faoliyat olib boradigan "Vitebsk" jamoasi o‘z maydonida "Brest" klubini qabul qildi va 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Tecno

E’tiborlisi, Rasulov jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Bu uning Belarusdagi ikkinchi goli bo‘ldi. Bundan oldin 21 yoshli xokkeychi "Aviator"ga qarshi bahsda raqib darvozasiga shayba kiritgan edi.

"Vitebsk" o‘zining kelgusi uchrashuvini 24 noyabr kuni "Ximik" klubiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!