Yana bir qit’ada "JCh-2022" saralash o‘yinlari qoldirildi

  • 11 mart, 2020, 15:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Janubiy Amerika (KONMEBOL) qit’asida ham “JCh-2022” saralashidan o‘rin olgan bahslar noma’lum muddatga qoldirildi.

Tecno

Diario La República nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mart oyi oxirida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan uchrashuvlar koronavirus epidemiyasi tufayli bekor qilingan.

Hozirda KONMEBOL ushbu qoldirilgan uchrashuvlar sanasini belgilash bo‘yicha ish olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Osiyo futbol konfederatsiyasi ham koronavirus sabab “JCh-2022” saralashidan o‘rin olgan o‘yinlarni noma’lum muddatga qoldirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!