Yana bir yapon futbolchisi faoliyatini premer-ligada davom ettirishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning “Milan” klubi yarim himoyachisi Keysuke Xonda faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Football Italia nashrining ma’lum qilishicha “Uotford” klubi “rossonerilar”dan yaponiyalik futbolchini ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Ingliz jamoasi bosh murabbiyi Valter Matstsarining fikricha 30 yoshli Xonda uning jamoasini kuchaytirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Xonda ushbu mavsum Italiya A Seriyasida bor yo‘g‘i 5ta uchrashuvda maydonga tushgan holos. Avvalroq esa Yaponiya terma jamoasi a’zosiga AQShning "Sietl Saunders" klubi ham jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik

Eslatib o‘tamiz, yaponiyalik Shinji Okazaki ham ayni damda premer-liganing amaldagi chempioni "Lester" klubi sharafini himoya qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!