
Yana bir yulduz Evropadan ketmoqda
“Chelsi” hujumchisi Per-Emerik Obameyang faoliyatini AQSh chempionati vakili “Los-Anjeles Gelaksi”da davom ettirishi kutilmoqda, deb xabar tarqatdi Relevo nashri.
Gabonlik to‘purar “Chelsi”ning Chempionlar ligasida ishtirok etadigan tarkibidan chiqarib tashlanganidan keyin klubdan ketishga qaror qilgan.
Aslida Obameyang yozda avvalgi bosh murabbiy Tomas Tuxelga ishonib, “Barselona”dan “aristokratlar” safiga ko‘chib o‘tgan edi. Biroq, klub rahbariyati germaniyalik mutaxassisni iste’foga chiqarib, o‘rniga Grem Potterni tayinlaganidan keyin Tuxel chaqirtirgan o‘yinchilarning ishi yurishmay qoldi.
Obameyang joriy mavsumda barcha turnirlarda 17 marotaba maydonga tushib, uchta gol va ikkita golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar