Yana bir yulduz Evropadan Saudiyaga otlanmoqda

  • 27 dekabr, 2023, 18:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chili milliy terma jamoasi va “Inter” hujumchisi Aleksis Sanches Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.

Manbalarning xabar berishicha, “Al-Ittihod” bosh murabbiyi Marselo Galyardo Aleksis Sanches bilan bog‘lanib, uni Saudiyaga ko‘chib o‘tishga kshndirgan.

35 yoshli forvard “Inter”ning asosiy tarkibiga kira olmayapti. U joriy mavsumda barcha turnirlarda atigi 12 marotaba maydonga tushib, bir juft gol urdi xolos. Sanchesning italiyaliklar bilan shartnomasi mavsum oxirila yakuniga etadi.

Aleksis Sanches Evropaga kelganidan keyin “Udineze”, “Arsenal”, “Barselona”, “Manchester Yunayted” va “Marsel” kabi jamoalar sharafini  himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!