Yana xato qilishdan qo‘rqqan “Siti” hujumchiga ruxsat bermadi

  • 23.09.2021 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” rahbariyati klub tarbiyalanuvchisi Liam Delapning boshqa jamoaga o‘tishiga ruxsat bermayapti.

Iste’dodli hujumchiga Dortmundning “Borussiya” klubi xaridor bo‘lmoqda. Bundesliga vakili Delapning transferi bo‘yicha “shaharliklar”ga murojaat qilib, rad javobini oldi.

Germaniyaliklar yosh futbolchi uchun 20 million evro taklif qilgandi. Lekin bu summa manchesterliklarni qoniqtirmadi. Bundan tashqari, bosh murabbiy Xosep Gvardiola Delapning iste’dodini yuqori baholayapti va tez orada uni asosiy tarkibning muhim o‘yinchiga aylantirmoqchi.

Manbaning ta’kidlashicha, “Manchester Siti” rahbariyati bir paytlar Jeydon Sancho masalasida xato qilganini unutgani yo‘q. Ular iste’dodli yarim himoyachini atigi 8 million evroga “Borussiya”ga sotib yuborgan.

Dortmundliklar esa Sanchoni “Manchester Yunayted”ga o‘n baravardan ko‘proq summaga sotdi va katta foyda oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!