Yang MYu taklif qilgan shartnomani nega rad etdi?

  • 09.01.2020 18:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” himoyachisi Eshli Yang jamoa bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamadi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 34 yoshli angliyalik futbolchi yoshi ancha katta bo‘lib qolganini inobatga olgan holda boshqa jamoaga o‘tishga qaror qilgan.

Bundan avvalroq esa MYu rahbariyati uni tarkibda saqlab qolish niyatida ekani va buning uchun unga 2021 yilga qadar tuzilgan shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Yang bu mavsum APLda 12 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!