“Yangi Azar” paydo bo‘ldi

  • 9 iyul, 2022, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lill” hujumkor futbolchisi Edon Jegrova o‘z o‘yini bilan “yangi Azar” laqabini oldi. 23 yoshli futbolchi ayni paytda bir qator grand klublar nishonida turibdi. Xususan, “Arsenal” hali transfer summasi ko‘tarilib ulgurmagan o‘yinchini tezroq o‘z safiga qo‘shib olish harakatiga tushib qoldi.

Tecno

Edon Jagrova Kosovo terma jamoasi o‘yinchisi hisoblanadi. Katta futbolga qadamini Belgiyaning “Genk” klubida qo‘ygan. O‘yin uslubi belgiyalik yulduz Eden Azarga o‘xshashi bois. “yangi Azar” laqabini olgan.

Jegrova “Genk”dan tashqari Shveytsariyaning “Bazel” klubida ham o‘ynagan. “Lill” bu o‘yinchini 2022 yilning yanvarida 7 million evroga xarid qildi. Hujumning har ikki qanotida o‘ynay oladigan futbolchi frantsuz klubidagi debyut mavsumida barcha turnirlarda 28 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga oltita gol va ettita assist yozdirib qo‘ydi.

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta yosh iste’dod egasiga o‘z jamoasidan joy berishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!