
“Yangi Pogba” grandlar orzusiga aylandi
Frantsiya chempionatida “Sent-Eten” sharafini himoya qilayotgan Lyuka Gurna-Duat tez orada qudratli klublardan biriga o‘tishi kutilmoqda.
O‘yin uslubi “Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogbani eslatib yuborgani uchun Frantsiyada “yangi Pogba” laqabini olgan 17 yoshli futbolchiga “Chelsi”, PSJ, “Milan” va “Leyptsig” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
“Sent-Eten” rahbariyati ham Lyuka Gurna-Duatning bozori qaynab turgan vaziyatdan foydalanib qolmoqchi. Frantsiyaliklar yosh yarim himoyachi uchun 25 million evro talab qilmoqda.
Gurna-Duat joriy mavsumda Frantsiya chempionatida 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Shulardan o‘ntasida o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshladi.
Fikrlar