Yangi yulduz “Real”dan taklif kutib zerikdi va boshqa jamoa tanladi

  • 4 iyun, 06:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi va “River Pleyt” klubi yarim himoyachisi Franko Mastantuono Evropaning grand klublari, xususan, “Real” mutasaddilari nazariga tushganiga ayncha bo‘lgan.

Tecno

Garchi Frankoga Evropadan chorlovlar ko‘p bo‘lsa-da, 17 yoshli vunderkind “Real”ga o‘tishni istagan edi. Biroq madridliklarning qiziqishi taklifga darajasiga etib bormadi.

Diario AS nashrining yozishicha, argentinalik futbolchi “Qirollik klubi”dan taklif kutib zerikdi va faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga qaror qildi.

Manbaga ko‘ra, Evropa Chempionlar ligasining yangi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” Franko Mastantuononi o‘z safiga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi.

Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 15 million evroga baholanayotgan yosh o‘yinchining “River Pleyt” bilan shartnomasida uni olmoqchi bo‘lgan klublar 45 million evro miqdorida badal puli to‘lashi lozimligi belgilab qo‘yilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!