Yangi yulduzcha! “Barsa” 16 yoshli hujumchini transferga ko‘ndirdi

  • 21.02.2026 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” kelajakda yuqori malakali futbolchiga aylanadigan iste’dodlarni yoshlar bilan ishlash siyosati doirasida Angliyadan yangi vunderkind topdi.

Kataloniyaliklar “Norvich Siti”ning 16 yoshli hujumchisi Adjay Tavares transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Bu haqida Sport.es jurnalistlari xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, dam olish kunlari angliyalik forvard “Barselona” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va klub bilan munosabatlarini rasmiylashtirish uchun Kataloniyaga keladi.

Klublar o‘rtasidagi huquqiy masalalar allaqachon hal qilingan, transfer rasmiy ravishda tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda.

Tavares “Norvich Siti”ning U18 jamoasida chap qanot hujumchisi sifatida o‘ynaydi.

U klubning asosiy jamoasi safida rasmiy o‘yinlarda ishtirok etmagan, ammo iyul oyida Niderlandiyaning “Volendam” jamoasiga qarshi mavsumoldi o‘yinida maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!