"Yangier"ning Tojikiston klubiga qarshi o‘yinda 9 ta gol urildi!

  • 30 iyul, 2022, 20:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liga vakili “Yangier” bugun o‘z maydonida Tojikistonning “Istaravshan” jamoasiga qarshi navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Tecno

Kutilmaganda uchrashuv gollarga boy tarzda kechdi va xokkeycha hisob kuzatildi. Darvozalarga jami 9 ta gol urildi. Umumiy hisob 3:6 “Istaravshan” foydasiga. “Yangier”dan Jahongir Abdusalomov, Elyor Mamasoliev va Farruh Hojibekov raqib darvozasini ishg‘ol etishdi.

“Yangier: Husan Olimjonov, Islom Baratov, Shodiyor Xojimatov, Shohruh Xolmatov, Bunyod Abdumannonov, Jonibek Mirzaqulov, Said Abdujabbarov, Muhiddin Odilov, Xurshid Asqaraliev, Elyor Mamasoliev, Jahongir Abdusalomov.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Sarvar Husanov, Bekzod Tolibjonov, Doston Berdiqulov, Muhammad Rasulov, Bunyod Shodiev, Muxammal Isaev, Farruh Hojibekov, Abdurahmon Abdulhaqov, Kamron Abduhamidov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!