
Yangilangan WBA reytingida Shohjahon Ergashev pastladi, Do‘smatov esa boshqa vazn reytingiga o‘tkazildi
Professional boks tayanch tashkilotlaridan biri bo‘lgan Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) aprel oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda o‘zbek bokschilari quyidagi o‘rinlarda qayd etilgan:
Super yarim o‘rta vaznda (69,8 kg): Isroil Madrimov 1-o‘rin,
Super engil vazn (63,5 kg): Shahram G‘iyosov 7-o‘rin, Shohjahon Ergashev o‘tgan oydagi 12-o‘rindan 13-o‘ringa pastladi, shuningdek, o‘tgan oyda O‘zbekiston nomi bilan 5-o‘rinda qayd etilgan Botir Ahmedov ham 6-o‘ringa tushdi.
Yarim engil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 2-o‘rinda,
Birinchi yarim engil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev jahon chempioni sifatida reyting yuqorisida,
Mart oyida birinchi o‘ta engil vaznda (48,9 kg) qayd etilgan Hasanboy Do‘smatov minimum vazn (47,6 kg) reytingiga o‘tkazilib, 3-o‘rinda o‘zgarishsiz qoldi.
Fikrlar