Yap Stam dunyoning eng kuchli futbolchisi kimligini aytdi
"Himoyachilarning xizmatlari azaldan qadr topmagan. Hozirgi kunga kelib vaziyat biroz o‘zgargan, odamlar himoyachilarning zahmatli harakatlari bahosini yuqoriroq qo‘ya boshlashdi. Ammo baribir hujumchilar ko‘proq e’tiborga tushadi. Ularning narxi ham, maoshi ham qimmat.
Bugungi kunga nazar soladigan bo‘lsak, Messi birinchi raqamli. Buni "Oltin to‘p"lar soni ham aytib turibdi. Van Deyk juda ajoyib mavsum o‘tkazdi. U sovringa munosib edi. Ammo Messining yil davomida namoyish etgan o‘yini Virjilnikidan ham kuchliroq chiqdi", - deydi Stam.
Ma’lumot uchun, Yap Stam 1996-2004 yillar mobaynida Gollandiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.



Fikrlar