Yaponiya terma jamoasi JCh oldidan Meksikadagi mashg‘ulot bazasini o‘zgartirdi
Yaponiya terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Meksikadagi mashg‘ulot bazasini o‘zgartirdi.
Yaponiyaliklar milliy terma jamoa turnir o‘yinlaridan birini o‘tkazadigan Meksikaning Monterrey shahridagi infratuzilma holatidan norozi edi. Yaponiya terma jamoasi dastlab "Tigres" bazasida mashg‘ulot o‘tkazdi, ammo keyinchalik mashg‘ulot joyini "Monterrey" mashg‘ulot maydoniga o‘zgartirdi.
Yaponiya delegatsiyasi bunday qarorning rasmiy sababini ma’lum qilmadi, biroq ESPN ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchilar iflos va notekis maysazordan norozi bo‘lgan.
Yaponiya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Niderlandiya, Tunis va Shvetsiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar