
Yaponiya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi bahsdan so‘ng ozroq tushkunlikka tushdik"
Ertaga mamlakatimizda davom etayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogida 3-o‘rin uchun o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Bugun “Bunyodkor” stadionida mazkur bahslar oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Go Oiva va futbolchi Joel Chima Fujita ishtirok etib, Avstraliya U-23 jamoasiga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Murabbiy: - Avstraliya - kuchli jamoa. Biz navbatdagi va so‘nggi o‘yinni g‘alaba bilan yakunlamoqchimiz. 3-o‘rinni qo‘lga kiritish biz uchun yaxshi natija bo‘ladi.
O‘ylaymanki, bronza medallari uchun jiddiy kurash kechadi. To‘g‘ri, raqib va biz kutilganidek finalga chiqishni istagandik. Ammo rejalar har doim ham siz o‘ylagandek o‘xshayvermaydi.
Avstraliya - tezkor, jismonan kuchli futbolchilarga ega jamoa. Bizda bunday yigitlar ko‘p emas. Shunday ekan, raqibning aynan shu tomoniidan ehtiyot bo‘lishimiz kerak.
O‘zbekistonga qarshi bahsdan so‘ng ozroq tushkunlikka tushdik. Ammo e’tiborimizni o‘tmishga emas, kelajakka qaratamiz. Bizni oldinda qiyin o‘yin kutib turibdi.
Murabbiy sifatida har bir uchrashuvga alohida taktika tanlash lozim. Navbatdagi bellashuv uchun ham rejalarimiz bor. Faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz.
Fikrlar