Yaqin soatlar ichida 3 ta rasmiy transfer amalga oshdi ("3v1")

  • 26 avgust, 2022, 01:48
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropada transfer oynasi yopilishiga sanoqli vaqt qolmoqda. Bunday foydalangan holda, bir qator klublar tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda. 

Jumladan, "Yuventus" "Olimpik Marsel" hujumchisi Arkadiush Milikni o‘z safiga qo‘shib oldi. Turinliklar uning ijarasi uchun 1 million evro to‘laydi. Shuningdek, 2023 yilda "keksa senora" uni 8 million evro evaziga sotib olishi ham mumkin (shartnomada shunday band mavjud). 

Bundan tashqari, "Arsenal" tarixidagi eng qimmat futbolchi Nikolya Pepeni "to‘pchilar" "Nitstsa"ga mavsum so‘nggiga qadar ijaraga berib yubordi. 

"Everton" futbolchisi Dele Alli ham mavsum so‘nggiga qadar "Beshiktosh" safida to‘p tepadi (ijara asosida). Angliyalik yarim himoyachi qishda "Tottenxem"dan erkin agent sifatida "irischilar" safiga kelib qo‘shilgandi. 

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!