Yarim o‘rta vaznda Islom Maxachevni to‘xtata oladigan jangchi bormi?
Taniqli MMA ustasi Arman Tsarukyan amaldagi UFC chempioni Islom Maxachevning yarim o‘rta vazndagi riaqblari haqida gapirdi.
"Ian Garriga qarshi bahsda Islom avvalgi janglari kabi juda ham ishonchli harakat qilmadi. Ehtimol, burundan jarohat olgandir yoki oktagon ichida nimadir ro‘y bergan. Shu bilan birga, irland ham oktagon burchagida juda yaxshi himoyalandi, Maxachevga ustidan mustahkam o‘rnashishga imkon bermadi. Shu sababli Islom oxirgi raundlarda qattiq charchadi.
O‘ylshimcha, rossiyalikka endi Maykl Morales muammo tug‘dirishi mumkin, ammo uni mag‘lub etishiga ishonmayman. Balki pik davridagi Kamaru Usman bo‘lganda hozir Islomni to‘xtata olardi", — deya ta’kidladi Arman Ariel Xelvaniga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev oxirgi bor Ian Garriga qarshi oktagonga ko‘tarilib, yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi.

Fikrlar