Yarmolenko Ukrainaning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
"Dinamo K" klubi yarim himoyachisi Andrey Yarmolenko Ukrainaning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Ukraina FF rasmiy sayti xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun shuningdek "Shaxtyor"dan Taras Stepanenko va Marlos nomzodlari ham mavjud edi.
Ma’lumot o‘rnida, Yarmolenko "Dinamo K" bilan Ukraina chempioni va Superkubok sohibiga aylandi.

Fikrlar