Yaxshiboev Belarusning eng yaxshi futbolchisi, deb tan olinishiga ikki qadam qoldi!

  • 10 noyabr, 2020, 20:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus oliy ligasining 28 ta turi yakunlariga ko‘ra, musobaqaning eng kuchli futbolchilari reytingi yangilandi.

Tecno

Chempionat boshidan beri bu ro‘yxatda o‘zbekistonlik legioner Jasur Yaxshiboev peshqadamlikni hech kimga bermay kelmoqda. Mazkur reyting, futbolchilarga har bir o‘yinda berilgan ballning umumiy yig‘indisi asosida shakllantiriladi.

Jasur Yaxshiboev “Energetik-BGU”da ham, “Shaxtyor”da ham etakchi futbolchi maqomida yuqori saviyali o‘yin ko‘ratayotgani bois, reytingda umumiy hisobda o‘rtacha 5,66 ball bilan birinchi o‘rinda bormoqda.

Eng yaxshi futbolchilar reytingida o‘zbekistonlik legioner eng yaqin ta’qibchisi – BATE etakchisi Igor Stasevichda ancha ilgarilab kelgan. Belaruslik yarim himoyachi chempionatning so‘nggi ikki turida eng zo‘r o‘yin ko‘rsatgan taqdirda ham umumiy hisobda Yaxshiboev bilan tenglasha olmaydi. Kuchli uchlikdan esa, “Torpedo-BelAZ” to‘purari Gabriel Ramos ham joy olgan.

20201109140023

Shu o‘rinda, Jasur Yaxshiboev to‘purarlar poygasida g‘oliblik uchun kurashayotganini eslatib o‘tishni joiz topdik. Belarus oliy ligasida 25 ta o‘yinda maydonga tushgan hamyurtimiz raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg‘ol qilgan. Bu ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Adolat yuzasidan ilk marotaba legioner sifatida to‘p tepayotgan futbolchi uchun bu ajoyib ko‘rsatkich ekanini tan olishimiz kerak.

Qolaversa, Yaxshiboev gol+pas tizimi bo‘yicha 22 ochko bilan chempionatning eng sermahsul o‘yinchisi bo‘lib turibdi.  Jasur urgan gollaridan tashqari, jamoadoshlarining oltita goliga hammualliflik qilgan.

To‘purarlar poygasida BATE hujumchisi Maksim Skavish Jasurdan oldinda. U oliy ligada jami 27 ta o‘yinda o‘z hisobiga 17 ta gol yozib qo‘ydi. Gol+pas tizimida ikkinchi pog‘onada qayd etilgan bu hujumchi jami 18 ochkoga ega.   

Demak, Jasur Yaxshiboevning xorijdagi ilk mavsumida chempionatning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilishiga ikki qadam qoldi. Shuningdek, u katta ehtimol bilan gol+pas tizimidagi etakchiligini ham o‘zida saqlab qoladi.

photo_2020-11-02_15-32-01

Bo‘lajak ikki o‘yinda Jasurning oldida turgan yagona vazifa to‘purarlar bahsida Maksim Skavishdan o‘tib ketish bo‘lib qolaveradi.

Eng asosiysi esa, “Shaxtyor” birinchi o‘rinda turgan BATE bilan oradagi bir ochkolik farqni yo‘qqa chiqarib, mamlakat chempionligini qo‘lga kiritishi kerak. Shunda Jasur Yaxshiboevning muvaffaqiyati to‘kis bo‘ladi.

 “Shaxtyor” oliy liganing hal qiluvchi so‘nggi ikki o‘yinida 22 noyabr kuni safarda “Rux” va 28 noyabrda o‘z maydonida “Minsk” jamoasi bilan to‘qanashadi.

Bugungi chempionlik o‘yinida Yaxshiboevdan qahramonlik kutishmoqda

Yaxshiboev hech qachon taslim bo‘lmaydi yoxud Jasurdan super xet-trik!

“Shaxtyor” bosh murabbiyi xet-trikka erishgan Yaxshiboev o‘yinidan nega qoniqmayapti?

Yaxshiboev Belarus chempionligiga munosibmi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool fan
09/11/2020 19:39
Абрамов учун Сергеев боса болди
&
FANAT-MYU
09/11/2020 19:21
Afsus buni Abramov anglab yetolmaydi