Yaya Ture: "Olimpiakos"ga qaytish men uchun faxr

  • 3 sentabr, 2018, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuni kecha Gretsiyaning “Olimpiakos” klubi bilan shartnoma imzolagan yarim himoyachi Yaya Ture yangi jamoasiga o‘tgach quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

Tecno

“Ushbu klubga nisbatan munosabatlarim o‘zgacha ekanligi bois ham shu qarorga keldim. “Olimpiakos”ga qaytish men uchun faxr. 2006 yilda jamoani tark etayotganimda bu erga yana qaytib kelishga va’da bergandim va ushbu so‘zimning ustidan chiqqanimdan xursandman. Aytishim lozimki, menga AQSh, Osiyo va qolaversa Evropaning ko‘plab jamoalaridan takliflar bo‘ldi.

Jamoaga sovrinlarni qo‘lga kiritishi uchun yordam berishga shayman. “Olimpiakos” muxlislari bunga loyiq”, - deydi tajribali futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli futbolchi “Manchester Siti” bilan shartnomasi yakunlangach erkin agent maqomida yurgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!