Yaya Ture o‘z xizmatini A Seriya klubiga taklif qildi

  • 10 sentabr, 2020, 18:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ivuarlik mashhur yarim himoyachi Yaya Ture o‘z xizmatini A Seriya debyutanti hisoblangan “Spetsiya” klubiga taklif qildi.

Tecno

Secolo XIX nashrining xabar berishicha, 37 yoshli futbolchining agenti Italiya klubi bilan bog‘langan va mijozining xizmatlarini taklif qilgan. Aytish kerakki, “Spetsiya” o‘z tarixida ilk bor A Seriyaga chiqdi va shu bois, ular tarkibga tajribali futbolchilarni qo‘shib, elitada jon saqlab qolishga urinishlari mumkin.

Yaya Ture faoliyati davomida “Barselona” va “Manchester Siti” klublarida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!