Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi "Bunyodkor"ga qaytdi

  • 3 yanvar, 19:20
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2024 yil O‘zbekistonda Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deya e’tirof etilgan Muhammadyusuf Sobirov "Bunyodkor"ga qaytdi.

O‘tgan mavsumni "So‘g‘diyona"da o‘tkazgan 18 yoshli posbon poytixtga qaytganing O‘zPFL rasman e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "qaldirg‘ochlar" Muhammadyusuf bilan 2026 yilning yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Ma’lumot uchun, Sobirov "bo‘rilar" tarkibida umumiy 8 ta bahsda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!