"Yirtqich" deya ta’rif berilayotgan o‘zbek qizi Qozog‘istonda jang qiladi

  • 22 fevral, 2021, 12:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

24 fevral kuni Qozog‘istonda “Oktagon” promousheni tomonidan MMA bo‘yicha o‘ziga xos jang kechasi tashkil qilinadi. Mazkur turnirda bir nechta hamyurtlarimiz o‘z janglarini o‘tkazadi.

Tecno

Jumladan, “Yirtqich” nomi bilan tanilib borayotgan o‘zbek qizi O‘g‘iloy Nasimova mezbonlar vakilasi, debyutant  Anastasiya Dyujikovaga qarshi jang qiladi.

Nasimova 27 yanvar kuni ham Almati shahrida jang o‘tkazib, qozog‘istonlik Gulmira Sabirjonovani birinchi raundning o‘zidayoq mag‘lub etgandi.

Eslatib o‘tamiz: Ushbu turnir SPORT TV kanalidan jonli ravishda efirga uzatiladi.

ugiloy

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!