"Yirtqich" nomi bilan tanilgan o‘zbek qizi Qozog‘istonda jang qiladi
27 yanvar kuni Qozog‘istonning Almati shahrida “Underdog” promousheni tomonidan MMA kechasi o‘tkaziladi. Mazkur jang kechasida o‘zbekistonlik O‘g‘iloy Nasimova ham oktagonga ko‘tariladi. 58 kg vazn toifasida jang qiladigan yurtdoshimiz mezbonlar vakilasi Gulmira Sabirjanova bilan to‘qnash keladi.
Bevosita jang olib borish uslubiga muvofiq “Xishnik” (Yirtqich) deya nom olgan Nasimova professional faoliyati mobaynida 4 ta jang o‘tkazgan. Natija esa, 3 g‘alaba va bir mag‘lubiyatdan iborat. Hamyurtimizning ayni kunda “Sherdog” dagi 1-2 ko‘rsatkichi vakilamiz tomonidan noto‘g‘ri ekanligi ma’lum qilindi.
Uning raqibasi esa MMAda debyut qiladi. Mazkur jangda yurtdoshimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Fikrlar