
Yoaxim Lyov "Chelsi"ga ko‘chib o‘tgan Xaverts haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov "Bayer" yarim himoyachisi Kay Xavertsning "Chelsi"ga o‘tgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Xaverts singari ulkan iqtidor sohiblarining Bundesligadan ketishi yomon. Lekin men buning yaxshi tomonlarini ham ko‘ryapman. Futbolchilar xorijda o‘sishga erishadi. Agar Kay va Timo “Chelsi”da rivojlanish borasida yangi qadam tashlay olishsa , albatta bu bizga yordam beradi”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
“Chelsi” Xavertsni “dorishunoslar”dan 80 mln evro evaziga sotib oldi va u bilan 2025 yilgacha shartnoma imzoladi.
Fikrlar