Yoxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasida ish boshlashga yaqin, biroq murabbiy bo‘lib emas
Yoaxim Lyov O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ishga kelishi ehtimoli bor.
Germaniya terma jamoasining sobiq murabbiyi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Biroq, hozirgi bosqichda bosh murabbiylik lavozimi emas, balki maslahatchilik vazifasi muhokama qilinmoqda.
"Tomonlar o‘rtasida aloqa o‘rnatilgan - Lyov hamkorlikka tayyor. Ammo hozircha uni bosh murabbiy etib tayinlash masalasi ko‘rilmayapti. O‘zbekiston unga terma jamoaning Jahon chempionatiga tayyorgarligini nazorat qiluvchi maslahatchi rolini taklif etdi.
"O‘FA ichida yagona fikr yo‘q. Ba’zi amaldorlar terma jamoaga JChda taniqli mutaxassis kerak, deb Lyovni bosh murabbiy sifatida taklif etishni talab qilmoqda. Ammo federatsiyaning boshqa a’zolari Timur Kapadzeni saqlab qolish tarafdori - aynan u jamoani mundialga olib chiqqan. Kapadzening o‘zi yordamchi bo‘lishni xohlamaydi va agar Lyov jamoa rahbari etib tayinlansa, ketishi mumkin, - deb yozmoqda mutaxassisga yaqin manba.
Manbalarga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda - Lyovning O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidagi vazifasi muhokama qilinmoqda.



Fikrlar