
Yosh bokschilarimiz Rossiyadagi xalqaro turnirda sovrindor bo‘lishdi
26-31 yanvar kunlari Rossiya Federatsiyasining Komsomolsk shahrida boks bo‘yicha 2002-2003 yillarda tavallud topgan sportchilar o‘rtasida xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tdi.
Afg‘on urushi jangchilari xotirasiga bag‘ishlangan musobaqada Kuba, Koreya, Xitoy, Frantsiya, Chexiya, Norvegiya, Finlyandiya, Angliya, Rossiya va O‘zbekiston yoshlar terma jamoalari a’zolari ishtirok etishdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi safida sovrindor bo‘lgan bokschilarimiz ro‘yxati:
Oltin:
-49 kg: Avazjon Yo‘ldoshev
Kumush:
-75 kg: Nurislom Ismoilov
Bronza:
-60 kg: Firdavs Jumyozov
-81 kg: Shohjahon Abdullaev
-91 kg: Amirshox Samadov
+91 kg: Jahongir Zokirov
Murabbiylar: Hamid Tangribergenov, Sirojiddin Naimov.
Manba: O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar