Yosh yulduzning taqdiri Zidanga bog‘liq bo‘lib qoldi

  • 25 mart, 2021, 20:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”da ishlari yurishmay, “Arsenal”ga ijaraga berilgan Martin Edegor “kanonirlar” bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashni istamoqda.

Tecno

Biroq, norvegiyalik futbolchi mavsum yakunlanishi bilan Madridga qaytib borishi kerak. Lekin u buni istamayapti.

Martin Edegorning kelajagi “Qirollik klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidanning qaroriga bog‘liq bo‘lishi aytilmoqda. Agar frantsiyalik mutaxassis yosh yarim himoyachini “Real”da olib qolishni istasa, Edegor madridliklarning asosiy tarkibiga kirish uchun kurashishiga to‘g‘ri keladi.

Iste’dodli yarim himoyachi qishki transferlar vaqtida “Arsenal”ga o‘tganidan beri Angliya premer-ligasida sakkiz uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!