
Yozda "Arsenal"ni 6 nafar futbolchi tark etadi
Bleacher Report nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Arsenal" klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida naqd 6 ta futbolchisi bilan xayrlashmoqchi.
Yuqoridagi manba hozircha ushbu olti futbolchi kimligi borasida aniq ma’lum qilmayapti. Ammo, bundan avvalroq himoyachilar Sokratis Papastatopulos va Shkodran Mustafi, hujumchi Per-Emerik Obameyang va yarim himoyachi Genrix Mxitaryan mavsumlar oralig‘ida jamoadan ketishi borasida xabarlar tarqalgan edi.
“Kanonirlar” futbolchilar sotuvidan tushadigan mablag‘larni tarkibni yanada kuchaytirishga sarflashmoqchi. “Arsenal” 29 turdan so‘ng APL musobaqa jadvalida 40 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar