Yozda "Inter"dan ketadigan yana bir futbolchi aniq bo‘ldi

  • 6 aprel, 2021, 09:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning “Inter” klubi himoyachisi Eshli Yang yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoani tark etadi. Italiya nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra, “neradzurrilar” rahbariyati ushbu futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.

Tecno

35 yoshli Yang “Inter”ga 2020 yanvarida ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

Eshli Yang faoliyati davomida “Uotford”, “Aston Villa” va “Manchester Yunayted” kabi klublarda to‘p surgan. U Angliya terma jamoasida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol yozdirib qo‘ygan.

“Inter” A Seriyaning 29 turidan so‘ng 68 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan “Milan” hisobida 60 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!