
Yozda "Real"da "rasprodaja" bo‘ladi. Yoxud Zidan va Peres 11 nafar futbolchini sotishga kelishib oldi
Madridning "Real" klubi yozgi transferlar davrida jamoaning aksariyat futbolchilari bilan xayrlashmoqchi.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” mavsumlar oralig‘ida xarid qilinadigan yangi futbolchilar va ijarada o‘ynayotgan futbolchilarga joy bo‘shatish maqsadida jamoaning 11 nafar a’zosidan voz kechmoqchi.
"Santyago Bernabeu"ni Garet Beyl, Xames Rodriges, Mariano, Braim Dias, Alvaro Odriosola, Luka Yovich, Eder Militao, Alfons Areolya, Luka Modrich, Marselo va Lukas Vaskeslar tark etishi kutilmoqda. Aytish kerakki, ketadigan futbolchilar ro‘yxati "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan va klub prezidenti Florentino Peres bilan kelishilgan holda tayyorlangan.
Fikrlar