
Yozgi transferlar oynasida eng ko‘p pul sarflagan ligalar bilan tanishing
Angliya klublari yozgi transferlar oynasida transferlar uchun eng ko‘p pul sarflagani ma’lum bo‘ldi.
FIFAning yozgi transfer oynasi haqidagi hisobotiga ko‘ra, ingliz klublari shartnoma imzolash uchun 1,69 milliard dollar sarflagan. Transfer xarajatlari bo‘yicha Italiya ikkinchi o‘rinni (825 million dollar), Frantsiya esa uchinchi o‘rinni egalladi (697 million dollar). Ispaniya va Germaniya (mos ravishda 599 million dollar va 572 million dollar) keyingi pog‘onalarni band etdi.
Ro‘yxatning 6-pog‘onasidan jami 431 million dollarlik transferlarni amalga oshirgan Saudiya Arabistoni klublari joy oldi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Saudiya klublari xarajatlari (875,4 million dollar) bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni egallagan edi.
Fikrlar