Yulduz bo‘lsang o‘zingga! “Real” futbolchilari Mbappedan qattiq norozi

  • 04.11.2024 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” o‘yinchilari orasida Kilian Mbappening o‘yin uslubi va maydondagi harakatlariga e’tiroz bildirayotganlar ko‘payib bormoqda.

Relevo nashrining ma’lum qilishicha, futbolchilar orasida norozilik kelib chiqishiga frantsiyalik hujumchining o‘yinlarda ortga qaytmayotgani va himoyalanishga yordam bermayotgani sabab bo‘lmoqda.

Xususan, “Barselona”ga qarshi uchrashuvda Mbappe atigi sakkiz kilometr yugurdi. Jamoadoshlari bunga e’tibor qaratdi va bu masalani  muhokama qila boshladi.

Kilianning himoyaga ko‘maklashmagani ortidan boshqa futbolchilarning ishi ko‘payib bormoqda. Xususan, eng katta og‘irlik Jud Bellingemga tushyapti. Statistik tahlillar Mbappe ortga qaytmagani uchun Bellingem uning o‘rnini yopishga harakat qilmoqda va angliyalik futbolchining bir o‘yinda bosib o‘tgan masofasi sezilarli darajada ortganini ko‘rsatyapti.

Jamoadagilar Kilian o‘ziga nisbatan tanqidiy qarashini va himoyaga yordam berish ham muhim ahamiyat kasb etishini tushunib etishini istashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!