Yulduzlarni ko‘zlayotgan klublar uchun eng zo‘r yarim himoyachilar narxi (Top-10)

  • 19 dekabr, 2020, 22:07
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol olamining transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali bugungi kunning eng qimmat yarim himochilari va ularning taxminiy transfer summalarini e’lon qildi. Qishki transfer mavsumi oldidan e’tiborga molik o‘zgarishlar ro‘y bergan. Biz e’tiboringizga eng qimmat yarim himoyachilar ro‘yxatini havola qilamiz.

10-o‘rin. Kazemiro - 65 million evro

sssss1

“Real” yarim himoyachisi deyarli 5 yildan beri almashtirib bo‘lmas futbolchi maqomida to‘p surmoqda. U jarohat sababli o‘tkazib yuborgan o‘yinlarida Zidan boshqacharoq o‘yin sxemasidan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Tayanch yarim himoyasida 90 daqiqa mehnat qilish oson emas. Shu bois, Transfermarkt qahramonimizni shunday qimmatga baholagandir?!

9-o‘rin. Pol Pogba - 65 million evro

ssss4242

«Manchester Yunayted» o‘z vaqtida Pogba uchun 100 million evrodan ko‘proq sarf etgan edi. «Qizil iblislar» frantsuz jamoaning yangi etakchisi bo‘lishini taxmin qilgan edi. Afsuski, bu farazlar o‘zini umuman oqlagani yo‘q. Yillar davomida Pogbaning o‘yini singari transfer summasi ham pasayib bordi. Agar shu temp davom etsa, kelasi yili qahramonimiz kuchli o‘nlikka ham kira olmasligi aniq.

8-o‘rin. Sergey Milenkovich - Savich - 65 million evro

sssss323

«Latsio» klubi a’zosi ikkita mavsumni juda ishonchli o‘tkazgach, uning «sovchilari» birdaniga ko‘payib ketdi. PSJ va «Manchester Yunayted» klublari Sergey uchun Rim klubiga 100 million evro ham taklif qildi, ammo negadir «burgutlar» serbiyalik futbolchini sotib yuborishni istamadi. Endi esa, transfer summasida keskin pasayish kuzatilmoqda. Shunga qaramay, Milenkovich – Savich barqaror o‘yin ko‘rsatishda davom etmoqda.

7-o‘rin. Saul - 70 million evro

sssss4334

«Atletiko »ning universal futbolchisi bejizga 70 million evroga baholanmagan. Gap shundaki, u Diego Simeonening istalgan pozitsiyadagi talablarini bajara oladi. Hujum ortida, tayanch yarim himoyasida va ikki qanotda ham Saul birdek faol bo‘lishi mumkin. Bunday qobiliyatga ega futbolchini har qanday murabbiy o‘z jamoasida bo‘lishini istaydi. Shu bois, bir necha yillardan beri grand klublar Niges uchun kurash olib bormoqda.

6-o‘rin. Frenki de Yong - 70 million evro

ssssss123

Kataloniya super klubiga o‘tgach, Frenkining o‘yinida yaxshigina o‘sish kuzatildi. Afsuski, jamoaning natijalari yomonlashgani sababli bu omil muxlislar e’tiboridan chetda qoldi. Gollandiyalik yarim himoyachi ayni damda klubning ajralmas bir bo‘lagiga aylanib bormoqda. Uning markazdagi ishonchli o‘yinlari sababli muxlislarning undan ko‘ngli to‘q.

5-o‘rin. Federiko Valverde - 70 million evro

sssss434

Fede markaziy yarim himoyachi bo‘lsa-da, uning maydondagi vazifasi Frenki de Yongnikidan keskin farq qiladi. «Barselona» yarim himoyachisi, asosan vaziyat yaratish bilan shug‘ullansa, Fede Valverde hujumlarni «buzish»ga biriktirilgan. Urugvaylik futbolchi Zidan qo‘l ostida o‘sib bormoqda. Aynan u yaqin kelajakda «Real»ning yangi sardori bo‘lishini taxmin qilinmoqda.

4-o‘rin. Kay Xaverts - 81 million evro

sssss5656

Londonning «Chelsi» klubi tomonidan deyarli 100 million evro evaziga sotib olingan futbolchi ro‘yxatimizdagi to‘rtinchi o‘rinni band qilmoqda. Kayning markazda erkin to‘p surishi, vaziyatlarni yaratish borasidagi imkoniyatlari haqida soatlab so‘zlash mumkin. Bugungi kunda u APLga moslashish jarayonini boshidan o‘tkazmoqda. Bu oson emas, biroq futbolchi o‘zini yo‘qotib qo‘ygani yo‘q. Qahramonimiz yangilangan «Chelsi»ning yuzi va Lempardning asosiy quroli bo‘lish uchun tinimsiz mehnat qilmoqda.

3-o‘rin. Joshua Kimmix - 85 million evro

ssssss45454

Kimmix qisqa muddat ichida nafaqat «Bavariya» klubining, balki butun Germaniya terma jamoasining etakchisiga aylandi. Maydon bo‘ylab istalgan pozitsiyada to‘p surishga qodir futbolchi nafaqat etakchiligi bilan, balki chinakam «jangchi» ekanligi bilan ham muxlislar e’tiborini qozondi. U hali yosh. Shu bois, uning transfer summasi tez orada 100 million evrolik dovondan oshib o‘tishi hech gap emas.

2-o‘rin. Brunu Fernandesh - 90 million evro

sssss65656

Portugaliyalik futbolchi «Sporting» sharafini himoya qilayotganda uni deyarli hech kim tanimas edi. Qisqa muddat ichida qahramonimiz APLni to‘liq zabt etdi. Ajoyib sermahsullik namoyish etdi va bir necha bor APL tomonidan oyning eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etildi. Uning karerasidagi o‘sish esa transfer summasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatdi.

1-o‘rin. Kevin de Bryuyne - 120 million evro

sssss434

Belgiyalik futbolchi yoshlik chog‘idayoq juda iqtidorli edi. Pep Gvardiola qo‘l ostida Kevin bu iqtidorini yanada sayqalladi va yangi darajaga ko‘tarildi. U endi maydonning istalgan nuqtasida uzatmalarni amalga oshirishi, kerak pallada markaziy hujumchiga aylanishi va hatto tayanch zonasida ham to‘p surishi mumkin. Undagi zarba va maydonni ko‘ra bilish qobiliyati ayni damda hech kimda yo‘q ekanligi aniq. Shu bois, transferlarga ixtisoslashgan portal Kevin de Bryuyneni eng qimmat yarim himoyachi, deb e’tirof etganligi aniq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!