Yulian Nagelsmann nega "Real"ning taklifini rad etgan edi?

  • 09.08.2020 18:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"RB Leyptsig" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann nega 2018 yil "Real"dan bo‘lgan taklifni rad etganini izohladi.

“Menga “Real”dan taklif bo‘lgandi, ammo o‘shanda buni o‘zim uchun noto‘g‘ri qadam, deb hisoblaganman. Agar “Real” murabbiy qidirsa va men bo‘sh bo‘lsam, kelajakda ular bilan bu borada yana gaplashishga kelishib oldik”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

2018 yil Zinedin Zidan kutilmagan qarori bilan “Real”dan ketgach, jamoa uning o‘rniga murabbiy qidirgan. Nagelsmann esa ulardan biri edi.

Yulian boshchiligidagi “RB Leyptsig” joriy mavsum Bundesligada 3-o‘rinni egalladi va ayni damda Chempionlar ligasida kurashni davom ettirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!