Yurgen Klopp: APLda chempionlik poygasi so‘nggi turgacha davom etadi

  • 27 dekabr, 2018, 09:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Kloppning so‘zlariga ko‘ra APLda chempionlik poygasi so‘nggi turgacha davom etadi.

Tecno

“Biz “Nyukasl”ga qarshi o‘yinimiz yakunlanmagunicha “Manchester Siti” “Lester” bilan qanday o‘ynaganidan bexabar edik. Biz uchun eng ahamiyatlisi hozirgi formamizni saqlab qolishmizdir. Chunki, hali chempionlik poygasi davom etadi va unda “Tottenxem”, “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Arsenal” ishtirok etadi. Sovrin taqdiri esa so‘nggi turda hal bo‘ladi”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” ayni damda ikkinchi pog‘onada borayotgan “Tottenxem”dan 6 ochko ko‘p to‘plagan holda peshqadamlik qilmoqda. Kuchli uchlikni esa “Manchester Siti” yakunlab turibdi. Mersisaydliklar 20-turni o‘z maydonlarida "Arsenal"ga qarshi o‘tkazishadi. Ushbu bahs 29 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!