
Yurgen Klopp Italiyadan futbolchi tanladi
"Milan" hujumchisi Rafael Leau faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi "Sky Sport" nashri.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp Portugaliya terma jamoasi a’zosining xizmatlariga shaxsan o‘zi qiziqmoqda. 24 yoshli futbolchi o‘tgan yozda Italiya klubi bilan shartnomasini uzaytirgandi (2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi).
"Transfermarkt" portali uni 90 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda Leau barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda qatnashib, to‘rt marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga beshta golli uzatma berdi.
Fikrlar