
Yurgen Klopp: Jamoamda yosh bolalarni o‘ynatishga majburman, mendan esa natija talab qilishyapti!
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klpp o‘yinlar jadvalining tig‘izligidan shikoyat qilyapti.
- Mavsumni yakunlash uchun 11 ta futbolchi topa olmay qolamiz hali. Tashkilotchilarga farqi yo‘q. Muammo ham shunda. Bu faqat “Liverpul”ga tegishli emas. Hech bo‘lmasa, Evropa chempionatida o‘ynaydigan Angliya terma jamoasini o‘ylang!
Qo‘limdagi jamoa bilan natija ko‘rsatishimni talab qilishyapti. Menda hujum chizig‘ida tajribali o‘yinchilar bor xolos. Qolganlari bola hali. Televizion translyatsiyalar uchun shartnomalarni ro‘kach qilishyapti. Lekin bu bitimlar pandemiya davrida tuzilmaganku. Hamma narsa o‘zgardi, lekin televideniedagilar buni tan olmayapti, - dedi Klopp.
Fikrlar