Yuritsa Bulyat va Aleksandar Alempievich “Bunyodkor”ni tark etdi

  • 29 dekabr, 2016, 10:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inining birinchi bosqichini yakunladi. Sergey Lushchan o‘z shogirdlari bilan 15-28 dekabr kunlari Toshkentda tayyorgarlik jarayonini olib bordi.

Tecno

Ushbu yig‘in davomida Viktor Kumikov boshqaruvidagi “Olmaliq” jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazildi va unda Dostonbek Hamdamov tomonidan kiritilgan ikkita gol “Bunyodkor”ga 2:0 hisobida g‘alaba keltirdi.

Yakunlangan mavsumda “Bunyodkor” sharafini himoya qilgan Yuritsa Bulyat va Aleksandar Alempievichning klub bilan tuzgan shartnomalari yakunlanganligi bois ular jamoani tark etishdi. Avvalroq Minori Sati ham "qaldirg‘ochlar"ni tark etgani haqida xabar berilgandi. Yaponiyalik futbolchi Qatarning “Al Muaiter” klubi bilan shartnoma imzolashga ham ulgurdi

“Bunyodkor” vakillariga 4 yanvarga qadar ta’til e’lon qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!