Yuriy Protsenko qay holatda Azamat Nuftillaev bilan revansh o‘tkazishi mumkinligini ma’lum qildi

  • 1 iyul, 2022, 19:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Ukrainalik MMA jangchisi Yuriy Protsenkoni o‘zbekistonlik aralash jang san’atlari ixlosmandlari juda yaxshi tanishadi. Ushbu sportchi o‘z vaqtida Murod Xonto‘raev, Muzaffar Radjabov bilan ham jang qilgan. 

Tecno

Joriy yilning 19 fevral kuni U1 hamda "Oktagon" promousheni tomonidan Toshkentda tashkil qilingan jang kechasida Protsenko yana bir mahoratli vakilimiz Azamat Nuftillaev bilan jang qilgan va durang natija qayd etgandi. 

Biz ukrainalik jangchi bilan bog‘lanib, yana yurtimizga tashrif buyurishi va Azamat Nuftillaev bilan ehtimoliy revansh jangi haqidagi fikri bilan qiziqdik. 

"Barcha meni taniganlarga salom. Hozir bizda notinch vaziyat va bu borada biror fikr bildira olmayman. Revansh borasida gapiradigan bo‘lsam, hammaga gap pulga bog‘liq!",-dedi Protsenko.

Eslatib o‘tamiz, Yuriy Protsenko professional faoliyati mobaynida 20 ta g‘alaba, 12 ta mag‘lubiyat va 2 durang qayd etgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!